Kelishi ham bir balo, ketishi ham! Mourinodan qutilish turklarga qanchaga tushadi?

  • 6 aprel, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir yil muqaddam “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin bir necha oy ishsiz yurgan Joze Mourinoni Turkiya Superliganing qudratli klublaridan “Fenerbahche” ishga taklif qilgan edi.

Tecno

Turklar mashhur murabbiy yordamida jamoani chempion qilmoqchi edi. Biroq qimmatbaho murabbiyning kelishi kutilgan samarani bermadi. “Fenerbahche” portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida ashaddiy raqib – “Galatasaroy”ga bas kelolmadi.

Qolaversa, Joze Mourino Turkiyadagi faoliyati davomida juda ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan hunarlarini ko‘rsatishni kanda qilmayapti.

62 yoshli mutaxassisning istanbulliklar bilan kelishuvi 2026 yilning yozigacha davom etadi. “Fenerbahche” Mourinoga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan, biroq murabbiydan qutilish oson bo‘lmaydi.

FICHAJES.NET saytining yozishicha, agar klub hamkorlikni bir tomonla bekor qiladigan bo‘lsa, portugaliyalik mutaxassisga 40 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Shu bois, “Feneobahche” mutasaddilari Mourino bo‘yicha keskin chora ko‘rolmay turibdi va har qanday holatda ham uni qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!