Keniya terma jamoasi ustozi: "O‘zbekiston bilan o‘yin? Nima uchun yo‘q? Bu ikkala jamoaga ham foydali bo‘ladi"

  • 18 oktabr, 2021, 15:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Keniya futbol federatsiyasi milliy terma jamoani evropalik mutaxassisga topshirish uchun izlanishlar olib bordi. Yakunda turkiyalik murabbiy Engin Firat nomzodi bir ovozdan ma’qullandi. Shunga ko‘ra, Firat Keniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Tecno

Turkiyalik murabbiy bundan avval Moldova terma jamoasiga ustozlik qilganini eslatib o‘tish lozim. Murabbiy Moldovadan ketganidan keyin Sports.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu ham bergandi. Shundan beri 51 yoshli mutaxassis bilan salom-alik qilib turamiz.

999235591af89f0c24ae2e79808019bf26b15a36

Turkiya hamda Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan Engin Firat Moldova termasidan ketganidan keyin bir qancha takliflarni oldi. Albatta, u yana ishga chanqoq edi, ammo variantlar orasidan o‘ziga eng ma’qulini tanlashi ham uning uchun asosiy vazifalardan biri edi.

Natijada u Afrika qit’asidan kelib tushgan chorlovni qabul qildi. Endi murabbiy uyidan yanada olisda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ammo bunday holatlarga allaqachon ko‘nikib ketgan. O‘zi ham mana shunday sarguzashtlarga boy bo‘lgan boshqa qit’alarda ishlashni xush ko‘radi. Engin Firat nima sababdan Keniyani boshqarishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi.

Firat-Engin

“Men Keniyaning taklifini qabul qildim. Faqat federatsiya prezidentidan qisqaroq muddatga shartnoma imzolashni so‘ragandim. Lekin menga uzoq muddatli shartnomani berishdi. Bundan xursandman. Avvalo, ularga menga Afrikada ishlash imkoniyatini berishganlari uchun rahmat aytib qolaman. Bu men ishlagan uchinchi qit’a bo‘ldi, shu jihatdan ham mamnunman”.

Keniya – bu Afrikada futboli rivojlanish istagida bo‘lgan mamlakatlardan biri. Buning uchun evropalik mutaxassisni jalb qilishgani bejiz emas, albatta. Firat u erda oldiga qanday vazifa qo‘yilganini ham aytdi.

firat

“Menga qo‘yilgan vazifa – bu avvalo futbolchilarning holatini o‘rganish, ularni kuzatish, kimning qanday sifatga egaligini tahlil qilish va buni amalga oshirib bo‘lganimdan so‘ng, Keniya futbolini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda uni amalga tatbiq etishni mendan so‘rashyapti. Hozir mana shu jarayon ustida ish olib boryapmiz”, - deydi  murabbiy.

Keniya futboli aslida biz uchun u qadar notanish ham emas. Chunki 2018 yili O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgani yodingizda bo‘lsa kerak-a? O‘sha yilning mart oyida keniyaliklar yurtimizga tashrif buyurgan va Andijon bilan Farg‘onada xalqaro o‘yinlar tashkil etilgandi. O‘sha paytda olimpiyachilarimizga Ravshan Haydarov ustozlik qilardi. Andijondagi birinchi uchrashuvda 1:2 hisobida yutqazgandik. Farg‘onadagi bahsda esa 90+7-daqiqada Doston Tursunovning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alabaga erishganmiz.

unnamed_1

Keniya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirokida ham o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi mumkinmi? Buning uchun avvalo ikkala tomonda ham xohish va istak bo‘lishi lozim. Bu masala bo‘yicha Keniya terma jamoasi ustozi Sports.uzga shunday dedi:

“Albatta, nima uchun yo‘q? O‘zbekiston milliy termasi kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ularga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish ikki tomonga ham juda foydali bo‘ladi, nazarimda. Bunday o‘yin qiziqarli o‘tadi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
18/10/2021 23:15
Қизиқ бўларди ўйнаса МТЖмиз Кения билан. Кутиб қоламиз.