Kepa qachon safga qaytadi?

  • 09.11.2023 17:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Real" - "Braga" uchrashuvi oldidan Kepa jarohat olgani haqda xabar bergandik. Uning qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. 

"The Athletic" nashri xabar berishicha, posbon 2 yoki 3 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. U mushaklaridan jarohat olgan va FIFA kunlaridan keyin safga qaytadi. 

"Braga"ga qarshi uchrashuvda Kepaning o‘rnini Lunin to‘ldirdi. Ukrainalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushib, bitta penalti qaytarishga ham muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!