Ketadigani kim? “Manchester Siti” o‘z o‘yinchisiga narx belgiladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning iste’dodli yosh o‘yinchilaridan Jeyms MakEyti bilan xayrlashishga tayyorligini bildirdi.
22 yoshli yarim himoyachi yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi kutilyapti. Mail Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Nottingem Forest” angliyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun xarajatga rozi.
“O‘rmonchilar” Jeyms uchun 28,8 million evro badal puli va qo‘shimchasiga muayyan miqdorda bonuslar ajratishni taklif qildi. “Shaharliklar” esa, MakEytini 46 million evroga baholamoqda.
“Manchester Siti” tarbiyalagan o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun “Nottingem Forest” Bundesliga vakili “Borussiya Dortmund” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.



Fikrlar