Ketaman! “Real”da o‘ynab, jahon chempionatiga borib bo‘lmas ekan

  • 18.05.2026 07:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga Fransiya terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilmaganidan qattiq xafa bo‘lgan.

Bu holat 23 yoshli futbolchining “Qirollik klubi”dan tashqarida yangi chaqiriqlar kerakligi haqidagi ishonchini yanada kuchaytirdi.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Kamavinganing atrofidagi insonlar transfer bozorini faol o‘rganmoqda va klublar bilan muzokara olib bormoqda.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan hafta “Manchester Yunayted” va “Liverpul” fransuz futbolchisining vaziyati bo‘yicha ma'lumot so‘ragan, chunki har ikki klub ham uni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda.

“Real” ham o‘yinida pasayish kuzatilayotgan Eduardo Kamavingani sotishga tayyor va uning transferini 57,5 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, ikki gol va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!