Kevin de Bryoyne bu ishni to‘rt marta uddalagan dunyodagi yagona futbolchi

  • 01.06.2023 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan pleymeyker  Kevin de Bryuyne Angliya Premer-ligasida  mavsumning eng yaxshi assistenti, deb topildi.

Shu tariqa, belgiyalik yarim himoyachi to‘rtta mavsumda eng ko‘p golli pas uzatgan birinchi futbolchiga aylandi. Hali jahon futbolida hech kim bundan ko‘rsatkich qayd eta olmagan.

31 yoshli futbolchi 2017 yili 18 ta, keyingi mavsumda 16 ta, 2020 yili 20 ta golli pas uzatgani qayd etilgan.

Bu gal Kevin de Bryuyne 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlarini 16 ta goliga hammuallif bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘zi ham etti marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Shuningdek, Kevin de Bryuyne Chempiolar ligasida bir juft gol va oltita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!