Kevin de Bryoynening keyingi jamoasi aniq

  • 19.09.2023 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne Angliya Premer-ligasini tark etishi mumkin. Belgiyalik futbolchi og‘ir jarohat olganidan keyin “shaharliklar” yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi.

Bu vaziyatdan PSJ unumli foydalanib qolmoqchi. Agar “Manchester Siti” va Kevinga yangi bitim tuzmaydigan bo‘lsa, parijliklar yozda 32 yoshli o‘yinchini transfer qiladi. Bu haqda Todofichajes nashri ma’lumot tarqatdi.

Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U barcha turnirlarda 358  marta maydonga tushib, 96 ta gol va 1532 ta assist muallifi bo‘lgan.

PSJ rahbariyati Kevin de Bryuyneni qo‘lga kiritish uchun 70 million evro atrofidagi mablag‘dan voz kechishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!