
Kevin de Bryuyne o‘rnini undan zo‘ri egallaydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasidagi pleymeyker rolini “Bavariya” vakili Jamol Musiala bajarishini istayapti.
Aslida “shaharliklar” jamoasida hujumlarni tashkil qilish bilan bir necha yildan beri Kevin de Bryuyne shug‘ullanadi. Belgiyalik yarim himoyachi keyingi paytda ko‘p shikastlanayotgani va oxirgi jarohati jiddiyligi bois kelajakda yuqori sport formasiga chiqishi qiyin bo‘lishini inobatga olib, manchesterliklar Kevindan voz kechishga tayyor.
Xosep Gvardiola esa, Musiala bir-ikki yil ichida dunyoning eng zo‘r pleymeykerlaridan biriga aylanishiga jiddiy ishonyapti va uni Manchesterga olib kelmoqchi.
Jamol Musialaning myunxenliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Bu futbolchi 110 million evroga baholanmoqda.
32 yoshli Kevin de Bryuynega Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar