Keyn Antonio Konte haqida gapirdi
"Tottenxem" futbolchisi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, italiyalik mutaxassis futbolchilarga ko‘p narsa o‘rgatmoqda.
"U ajoyib odam. Murabbiy va oddiy inson sifatida unga boshqacha ta’rif bera olmayman.
Konte kelganidan beri yigitlarga juda ko‘p narsa o‘rgatdi. Jumladan, menga ham.
U bizning futbolga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartira oldi. Menimcha, klub bu murabbiy bilan katta sovrinlarni qo‘lga kirita oladi", - dedi angliyalik hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" ayni paytda APL turnir jadvalining 7-pog‘onasidan o‘rin egallagan. Jamoa 20 o‘yinda 36 ochko jamg‘argan.



Fikrlar