Keyn gol urish bo‘yicha Ouen va Anridan yaxshiroq chiqib qoldi

  • 24 iyun, 2020, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Tottenxem» forvardi Xarri Keyn kecha APLning 31-turidan o‘rin olgan «Vest Xem»ga (2:0) qarshi kechgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Aytish kerakki, bu Keyn uchun premer-ligada o‘tkazilgan 200 ta o‘yindagi 137-gol bo‘ldi. Bu borada undan faqatgina  «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero yaxshiroq natija qayd etgan xolos. Argentinalik futbolchi APLda o‘tkazgan dastlabki 200 ta bahsida raqiblari darvozasiga 138 ta gol urgan.

Ammo, Keyn ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Terri Anri (131), «Liverpul»ning sobiq hujumchilari - Maykl Ouen (110) va Robbi Faulerni (109) ortda qoldirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!