Keyn: "Mag‘lub bo‘lmaydigan jamoa yo‘q"
"Tottenhem" hujumchisi Xarri Keyn "Liverpul"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
"Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Ammo biz bunday holatda kerakli ochkolarni olishga ulgurdik. O‘yinga bor-e’tiborimizni qaratishimiz kerak.
Bunday o‘yinlarda kim ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlasa o‘sha maydonda ko‘proq ter to‘kishi kerak bo‘ladi.
"Liverpul" mag‘lub bo‘lmaydigan klub emas. Buni biz yakshanba kuni ko‘rsatib berishga harakat qilamiz," - deydi Keyn.



Fikrlar