Keyn: “Myuller ketgach, liderlik mas’uliyati boshqa futbolchilar orasida taqsimlandi”

  • 26 sentabr, 22:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”da yozda katta yo‘qotish yuz berdi — jamoa afsonasi va asosiy liderlaridan biri Tomas Myuller erkin agent sifatida “Vankuver”ga yo‘l oldi. Uning ketishi jamoadagi liderlik masalasiga ham ta’sir qildi. Ushbu holatga esa angliyalik forvard hisoblangan Xarri Keyn o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

“Endilikda liderlik bir nechta futbolchilar zimmasiga tushdi. Tomas doim ovozli etakchi edi, lekin hozir bizda Joshua Kimmix, Manuel Noyer, men, Serj Gnabri va yana boshqa yigitlar bor.

Myuller kabi lider ketganda, boshqalarga mas’uliyat ko‘proq tushadi, ayrim vaziyatlarda avvalgidan ko‘ra, balandroq ovoz chiqarishga to‘g‘ri keladi. Shu bois, hozir jamoada liderlik teng taqsimlangan.

Biroq, biz kuchli kollektivmiz. Bu mavsum boshidayoq jamoada birdamlik kayfiyati yuqori ekani sezilyapti”, – dedi “Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn "Bild" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!