Keyn Pochettinoga nega rahmat aytdi?

  • 20.11.2019 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn o‘z tvitterida iste’foga chiqqan murabbiyi Maurisio Pochettinoga minnatdorchilik bildirdi.

“Murabbiy. Orzularimni amalga oshirishda yordam berganingiz uchun sizdan umrbod minnatdorman. Oxirgi besh yarim yilda jamoamizda hech qachon unutilmaydigan hayratlanarli voqealar bo‘ldi. Siz  mening murabbiyim bo‘ldingiz va ushbu munosabatlar uchun sizga rahmat aytaman. Hayotingizning yangi qismida sizga omad tilayman”, - deydi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Keyn esa 2011 yildan buyon “shporlar” futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusufjon9012
20/11/2019 21:49
Nima keragi bor edi shu istefoni totenhem o'ziga ziyon qildi pochettinoga jarima to'ladi shartnoma tugashini kutsa bolmasmidi klub 2014 - yildan hozirgacha yomon òyin kòrsatmadi ayniqsa ótgan mavsum ECHL da yarimfinalgacha bordi klub bunday natijaga 66 - yildan beri erisholmayotgandi umuman olganda pochetino yomon boshqarmayotgandi klubni yana bilmadim hammani óz fikri bor
Sherbek Osginov
20/11/2019 19:39
Pachitinoni ketgazib tontenhimliklar xato qildi arsenal Venger ketganidan keyin bo'ldi xaligacha bir xil o'yin ko'rsata olmayabdi