
Keyn va Son juftligi APL rekordini yangiladi
Xabaringiz bor, kecha APL 19-turidan o‘rin olgan bahsda "Tottenxem" "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib bordi va yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Xarri Keyn dublga erishgan bo‘lsa, Son Xyon Min jamoasining yana bir goliga mualliflik qildi. Ushbu juftlik premer-liganing 34 o‘yinida birgalashib sermahsullik namoyish etmoqda.
Shunday qilib bu bahs APLda Son va Keyn birgalikda gol urgan 34-o‘yin bo‘ldi. Ular bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Liverpul"da sherikchilikda ishlagan Muhammad Saloh va Sadio Manening natijasini yangiladi.
Fikrlar