
Keynga hali ruxsat berilgani yo‘q
"Tottenxem" futbolchisi Xarri Keyn kelgusi mavsumda ham klubda qolishi deyarli aniq. Futbolchi APLning boshqa grand jamoalari qiziqish bildirayotganiga qaramay, "shporlar"dan ketmaslikni rejalashtirmoqda.
Yaqin kunlar ichida London klubi rahbariyati hujumchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Avvalroq ingliz OAVlari futbolchini "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida xabar bergandi.
Keynning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Forvard joriy mavsum APLning 37 o‘yinida 17 gol va 9 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar