
Keynga konkurent. “Tottenxem” ham zo‘r hujumchi olyapti
“Tottenxem” jamoa hujumkorligini oshirish maqsadida o‘ziga markaziy hujumchi tanladi.
Ayni paytda londonliklarning nazari “Betis” hujumchisi Loren Moronga tushgan. 26 yoshli ispan futbolchisining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda va bu narx “Tottenxem” rahbariyatini qoniqtiradi.
Moron joriy mavsumda primerada 26 ta o‘yinda 9 ta gol urib, ikkita golli pas berdi.
Uni qishda “Barselona” transfer qilmoqchi bo‘lgandi. Lekin 60 millionlik tovon puli kataloniyaliklarga qimmatlik qilgan.
Angliyaning eng iqtidorli futbolchisiga pichoq bilan tahdid qilishdi
Arzon lekin ishonchli. Angliya grandlari ko‘zlayotgan himoyachi aynan shunaqasidan
Fikrlar