
Kezaga APLning ikkita klubi taklif bilan chiqdi
"Yuventus" vingeri Federiko Keza faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Unga bir qator chempionatlardan takliflar kelmoqda.
Insayder Nikola Skiraning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga "Aston Villa" va "Nyukasl" jamoalari aloqaga chiqishdi. Ammo u APL klublariga rad javobini berdi.
Kezani "Barsa"ga taklif qilingani haqda mish-mishlar chiqqandi. "Yuventus" kataloniyaliklardan Frank Kesseni o‘z tarkibiga o‘shib olmoqchi. Ammo yarim himoyachi hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan.
Fikrlar