Kibersport. Bugun mukofot jamg‘armasi yarim million dollar bo‘lgan jahon chempionatiga saralash bahslari boshlanadi

  • 15 sentabr, 2022, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Shu yil 27 noyabr – 9 dekabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida kibersport bo‘yicha umumiy sovrin jamg‘armasi 500 000 AQSh dollarini tashkil etadigan XIV jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Bugundan Markaziy Osiyo mintaqaviy saralash bahslariga start beriladi. Unda “Team Uzbekistan” (O‘zbekiston milliy terma jamoasi) a’zolari 4ta yo‘nalishda vatanimiz sharafini himoya qilishadi.

“Mobile Legends”. “Team Uzbekistan” mazkur yo‘nalishda mintaqa g‘olibligi uchun Qozog‘iston vakillari bilan kurash olib boradi. G‘olib jamoa jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Mazkur bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 09:00da start oladi.

“PUBG Mobile”. 12ta jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadigan mazkur yo‘nalish 20 sentyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Team Uzbekistan” ushbu saralashning “B” guruhidan o‘rin olgan hamda guruhda yurtdoshlarimizga Nepal, Butan, Bahrayn, Myanma va Bruney terma jamoalari raqiblik qilishadi.

“Counter Strike: Global Offensive”. Bu yo‘nalishdagi bahslar 23 sentyabr kuni start oladi. Dastlab yarim finalda o‘zbekistonlik kibersportchilar Qozog‘iston bilan to‘qnash keladi. Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib borishadi.

“Dota 2”.Mazkur yo‘nalishdagi saralash musobaqalari 7-11 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Yurtdoshlarimiz Qirg‘iziston, Turkmaniston, Nepal va Qozog‘iston terma jamoalari qatorida “A” guruhidan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!