“Kichik Tayson” himoya jangiga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda
“Kichik Tayson” nomi bilan mashhur hamyurtimiz Olimjon Nazarov 3 noyabr kuni Vetnamning Xo Shi Min shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga tailandlik juda kuchli raqib, Chayvat Buadkratok to‘qnash keladi. Ushbu Tailand vakili professional ringda 33 ta jang o‘tkazib, ularning 32 tasida g‘alaba qozongan. Bir marotaba mag‘lubiyat qabul qilib olgan. G‘alabalarining 20 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.
Mazkur jangda yurtdoshimiz “WBO international Flyweight Title” kamarini himoya qiladi. Murabbiyi Bobur Najmiddinovning ta’kidlashicha jangga tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. O‘quv mashg‘ulot yig‘inlari har doimgidek Vetnamning Xo Shi Min shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumki, Olimjon Nazarov Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promousheni bilan shartnomaga ega.
Eslatib o‘tamiz: Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “WBO international Flyweight Title” chempionlik kamari sohibi bo‘lgandi.
Fikrlar