
"Kichik Tayson" va murabbiyi muhim jang uchun jo‘nab ketdi
Professional boksda janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtlarimiz Abdulaziz Najmiddinov va "Kichik Tayson" nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Olimjon Nazarov navbatdagi jangini 30 iyul kuni Vietnamning Vung Tau shahrida "Cocky Buffalo" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Super yarim engil vazn toifasidagi (58,9 kg) Abdulaziz Najmiddinov (9-0, 7KO) ushbu kechada Indoneziya vakili Rivo Kundimangga (9-3-2, 5KO) qarshi jang o‘tkazsa, o‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) WBO Oriental kamarini filippinlik Benvedino Ligasdan (14-2-2, 9KO) himoya qiladi.
Hozirda, yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan bokschilarimiz murabbiyi bilan birgalikda Vetnamga jo‘nab ketishdi.
Shu o‘rinda vakillarimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar