
Kike Seten: Vaziyat izdan chiqdi
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten xavbek Artur Meloning "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Artur va "Yuve" o‘rtasidagi xabarlar rost bo‘lsa, unda bu Meloga ta’sir qilmay qolmaydi.
Biz doimo bunday gaplardan himoyalanib kelganmiz, biroq vaziyat izdan chiqib ketdi. Unga hozir oson emas, buni tushunib turibman, biroq bu savollarga javobni faqat Arturning o‘zi topishi kerak", - deydi Seten.
Fikrlar