Kilian Mbappe PSJni tark etmoqchi
"Real" keyingi transfer oynasi vaqtida "Pari Sen-Jermen" forvardi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishi mumkin.
Frantsiyalik hujumchining jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel va klub muxlislari bilan munosabatlari yomonlashmoqda. Shu sabab u yozda klubni tark etishi mumkin, deyiladi Marca nashri manbasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq PSJning boshqa bir hujumchisi Neymar ham klubni tark etish niyatidaligi xabar qilingan edi.

Fikrlar