
Kilian Mbappe: "Qiyin o‘yin. Ammo yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdik"
"Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe "Real Sosedad"ga bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
“O‘yin qiyin bo‘ldi. Ammo yakunda biz g‘alaba qozondik. Ajoyib jamoaga qarshi o‘ynadik va uyga g‘alaba bilan qaytdik. Har bir o‘yinda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Men jamoaga, murabbiyga, sheriklarga nima kerakligini tushunaman va ishonchim komilki, seshanba kuni jamoaga Chempionlar ligasidagi o‘yinini g‘alaba bilan boshlashga ham yordam bera olaman.
Vinisius bilan o‘yinlar va mashg‘ulotlar vaqtida bir-birimizni maydonda izlashga harakat qilamiz. U ajoyib futbolchi. Vini "Real" uchun juda ko‘p ish qilgan va men u bilan o‘ynayotganimdan juda xursandman. Eng muhimi penaltini kim amalga oshirishi emas. Balki gol urib, jamoaga foyda keltirish.
Chempionlar ligasidagi debyut juda muhim bo‘ladi. Birinchi kuniyoq Madridga aynan shunday oqshomlar uchun kelganimni aytgandim. Men nima qilishimiz kerakligiga diqqatimni qaratganman. Chempionlar ligasi bu mavsumdan sezilarli darajada o‘zgardi. Yangicha formatdagi turnirda biz muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz kerak", - dedi "Real Madrid" forvardi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar