Kilian Mbappe "Real" bilan PSJ o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi

  • 01.11.2025 13:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe hozirgi jamoasi bilan sobiq klubi PSJ o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi.

"Bu ikki mutlaqo boshqacha tarixga ega klub. PSJ ancha yosh, “Real” esa uzoq tarix va boy merosga ega. Madaniyat ham butunlay boshqacha. Shubhasiz, qirollik klubi dunyodagi eng yaxshi jamoa, ammo parijliklar ham eng kuchlilar qatorida. Bu — futbolni tushunishning ikki xil yo‘li. Men esa har ikki klubning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman", — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi 2024 yil yozida "qaymoqranglilar" a’zosiga aylangan edi. Frantsiyalik forvard 2024/25 yilgi mavsum yakunida "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!