Kim g‘olib bo‘ladi, Jamol Xill yoki Irji Proxazka? MMA afsonasi javob berdi

  • 25 noyabr, 2024, 17:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons kelasi yil boshida oktagonda to‘qnash keladigan Jamal Xill (12-2-1 N/C) va Irji Proxazka (30-5-1) o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"O‘ylaymanki, amerikalik yigit g‘alaba qozonadi. To‘g‘ri, Irji chindan ham noan’anaviy zarbalar texnikasiga ega, ammo Xill kabi emas. Jamal kikboksingning chindan ham kuchli, sodda va tez uslubiga ega. Shuning uchun men uning bu qarama-qarshilikda zafar quchishiga ishonaman", – dedi Jons "The Schmo" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yarim og‘ir vazn toifasida ikki sobiq UFC chempioni o‘rtasidagi jang 2025 yil 18 yanvar kuni Los-Andjelesdagi "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!