Kim munosib? Eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun yakuniy uch nomzod nomi e’lon qilindi

  • 25 dekabr, 2023, 14:36
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlanib borayotgan 2023 yilgi futbol mavsumining eng yaxshilari aniqlanmoqda. 

"O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" bo‘lish uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan Ro‘ziqul Berdiev ("Nasaf"), Ravshan Haydarov ("O‘zbekiston U20") hamda Jamoliddin Rahmatullaev (O‘zbekiston U17) kabi murabbiylar joy olgan. 

Qayd etish lozim, Ro‘ziqul Berdiev "ajdarlar" bilan O‘zbekiston kubogida zafar quchdi, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida qarshiliklar o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi termamiz (U20) esa jahon chempionatida nimchorak final, Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi o‘smirlarimiz esa (U17) mundialda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
25/12/2023 15:56
Албатта Рузикул Бердиев факат у
лойик албатта улар хам муносиб лекин соврин биттада.
Nuriddin Nuriddin
25/12/2023 15:51
Рўзиқул бердиев УЧ томонлама яхши натижага эришди
&
Bolelshik
25/12/2023 16:23
Ro'ziqul Berdiyev loyiqligi 100 foiz, lekin bu yil Ravshan Haydarov olishi ehtimoli ko'proq, sababi U20 yoshdagilar bilan birga mart oyida Osiyo kubogini olgan, tarixda birinchi marta. Tayyor o'yinchilar bilan O'zbekistonda oson olgan bo'lsayam, yutdi degan nomi bor. 2 oydan keyin Jahon Chempionatiga borib nimchorak finalda Isroilga yutqazgan ham shu edi. Ko'ramiz, bu yil qaysi biriga berisharkin