
Kim zo‘r? Messi yoki Ronaldu?
"Manchester Siti" va "Barselona" klublarining sobiq hujumchisi Serxio Aguero futbol olamining eng mashhur ikki yulduzi – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi.
“Messi eng zo‘ri, undan keyinga o‘rinda Krishtianu Ronald turadi. Lionel bilan bir xil darajada raqobat qilish juda qiyin. Bu yigitlar o‘n yil davomida "Oltin to‘p" uchun kurashgan. Ular jahon futbolida birinchi raqamli bo‘lish uchun kurashdilar”, - dedi argentinalik yulduz.
Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida hozircha 7 ta, Ronaldu esa 5 ta "Oltin to‘p" sohibiga aylangan. Ayni damda argentinalik futbolchi “Inter Mayami”da, Krishtianu esa “An-Nasr” klubida o‘ynamoqda.
Fikrlar