
Kimmix "Borussiya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan g‘azabda
Yozua Kimmix "Bavariya"ning "Borussiya"ga qarshi o‘yindagi (0:2) mag‘lubiyatidan g‘azabda.
"Qanday qilib bunaqa o‘yin ko‘rsatganimizga hayronman. Bu men uchun mutlaqo tushunarsiz. Mutlaqo tushunarsiz!
Ikkinchi bo‘limda hech narsa xavf ostida emasligi hissi paydo bo‘ldi. Bu xuddi o‘rtoqlik o‘yinidek edi.
Hammamiz uyga borib, o‘zimizga savol berishimiz kerak.
Agar shunday o‘ynasak, kelasi hafta Chempionlar ligasidagi kabi "Xaydenxaym"ga qarshi bellashuvda ham bizga ancha qiyin bo‘ladi, albatta", - dedi Myunxen klubi himoyachisi "Sky Sport Deutschland" telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar