Kimmiх: "Germaniyada bunday masalalarni mendan yaxshiroq tushunadigan boshqa odamlar ham bor"

  • 23.01.2026 13:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" yarim himoyachisi Joshuа Kimmix Jahon chempionatini boykot qilish mumkinligi haqida gapirdi.

"Men siyosiy masalalarda ishtirok etmoqchi emasman. Agar futbolchilar bu mavzu haqida gaplashsalar, ular vaziyatga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydilar. Germaniyada bunday masalalarni mendan yaxshiroq tushunadigan boshqa odamlar ham bor. Ular o'z fikrlarini bildirishsin", - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi "Sport1.de" nashri.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!