Kimmix "Manchester Siti" tomonidan nishonga olingan

  • 7 yanvar, 2024, 19:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Unga "Manchester Siti" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

"Daily Star Sunday" nashrining xabariga ko‘ra, "shaharliklar" yarim himoyachini yozda o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilib ko‘radi. Transfer uchun inglizlar 25 million funt sterling sarflashni reja qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kimmixning Myunxen grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. U joriy mavsum Bundesliganing 11 o‘yinida 1 gol va 3 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!