
"Klassiko"da mag‘lub bo‘lgan Kuman iste’foga chiqariladimi?
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "el-klassiko"dagi mag‘lubiyat tufayli ishdan bo‘shatilmaydi.
"Marca" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, "Real"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lganligi uchun, "Barsa" rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarmaydi. Bu mag‘lubiyat Kumanning pozitsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Biroq Ronaldning kelajagi oldinga turgan 3 o‘yin natijasiga bog‘liq. Ya’ni, La Liga doirasidagi "Rayo Valekano", "Alaves" hamda Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan Kievning "Dinamo"siga qarshi bahsdagi qoniqarsiz hisoblar Kumanni iste’fosiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" ichki chempionatda 10 ta turdan keyin 9, EChL 3-turidan so‘ng 1 g‘alaba bilan 3-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar