Klopp: 30 million berib, bu o‘yinchini olib ketavering!

  • 2 mart, 2022, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning 24 yoshli himoyachisi Jo Gomes bilan xayrlashishga tayyor.

Klub bu o‘yinchiga xaridor chiqadigan bo‘lsa, uni ushlab turmaydi. Rahbariyat Joni 30 million evroga transfer qilib yubormoqchi.

Iste’dodli futbolchining liverpulliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga ikki yarim yil bor. Biroq, mutaxassislar Gomes yozda klubni tark etishini ta’kidlamoqda.

Gomes joriy mavsum asosiy tarkibdan chetda qolmoqda va atigi besh marta maydonga tushdi. Unga “Real”, “Aston Villa” va “Nyukasl” ish berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!