Husanovning tarafdorlari ko‘payib ketdi

  • 19.01.2026 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kadrlar bilan bog'liq muammolar (Yoshko Gvardiol, Jon Stounz va Ruben Diash jarohat olgan) sabab Pep Gvardiola derbida markaziy himoyada vaqt sinovidan o'tmagan tandem – 21 yoshli Husanov va 20 yoshli Maks Alleynni o'ynatdi. Angliyalik himoyachi o'yinni mutlaqo barbod qildi va tanaffusdayoq almashtirildi. Abduqodir esa final hushtagigacha maydonda qoldi va o'yindan keyin “Manchester Siti” tarkibida eng yaxshilardan biri sifatida e'tirof etildi.

Abduqodir Husanovning o'yindagi ko'rsatkichlari quyidagicha ko'rinish oldi:

Paslar (aniqligi): 76/81 ta (94%)

To'pni olib qo'yish: 2 ta

To'pni uzoqlashtirish: 9 ta

To'pni bosh bilan uzoqlashtirish: 3 ta

To'pni yo'ldan olib qolish: 3 ta

To'pni qaytarib olish: 3 ta

Bu ko'rsatkichlarning aksariyatida Husanov “Siti” tarkibida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Shuningdek, Abduqodir Husanov 3 marta to'pni jamoasiga qaytarib olib berdi. U to'p bilan ham juda faol harakat qildi:

  • 98 ta to'pga teginish (faqat Rodri undan ko'p),
  • 81 ta uzatma (ikkala jamoa o'yinchilari orasida 2-o'rin),
  • 94% aniqlik — bu ko'rsatkichlarda ham faqat Rodri undan oldinda bo'ldi.

Bunaqa natijalar bilan Husanov jamoaning boshqa himoyachilari fonida yaqqol ajralib turdi va Donnarumma bilan birga eng ishonchli futbolchi sifatida tan olindi.

O'yindan keyin “Siti” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi fikrlarni bildirdi.

Sadhorse:

Agar Donnarumma va Husanov bo'lmaganida, hisob 5:0 ko'rinishiga kelardi.

Drinkandrant:

Husanov — bizning yangi Serxio Ramosimiz. Unga alohida rahmat.

ThiagollPo:

Husanov va Jiji bu o'yindan qolgan yagona yaxshi xotira. Alleyn va Lyuis transferga qo'yilishi kerak, Xoland va Foden — zahiraga.

Hamxamcfc:

Fodenga ham, Rodriga ham la'nat. Riko Lyuis ham shu yerda qolsin. Semenyo, Ake, Doku, Bernardu — hammasi ketsin.  “Manchester Siti”ga sharmanda.

Biz muxlislar Donnarummani yaxshi ko'ramiz va albatta, seni ham Husanov.

DjallenDs:

Eng minimal talab — maksimal harakat qilish. Biz esa yakka-ma-yakka kurashlarda ham yutmadik. Bugun “Manchester Yunayed” g'alaba qozonishni ko'proq istadi. Faqat darvozabon va Husanov yaxshi ko'rindi, qolganlari — mutlaqo sharmandalik.

The_lawyerguy:

Bu o'yindan keyingi yagona fikr: Husanov zahirada o'tirishi kerak emas. U Mark Gexi bilan yaxshi juftlik hosil qilishiga umid qilamiz.

Shu kabi izohlar juda ko'p. “Siti” muxlislari o'zbek himoyachisining tarkibga tez-tez kirishini istamoqda, chunki boshqa o'yinchilarning darajasi ularni qoniqtirmayapti. Husanov esa so'nggi bir yilda juda katta o'sishga erishdi va faqat muxlislar qo'llab-quvvatlashi tufayli emas, balki o'yini bilan ham ko'proq maydonga tushishga loyiq.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!