Klopp APLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

  • 15 avgust, 2020, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining o‘tgan 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Germaniyalik mutaxassis bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada Frenk Lempard ("Chelsi"), Brendan Rojers ("Lester") va Kris Uaylderni ("Sheffild Yunayted") ortda qoldirishga erishdi.

Klopp boshchiligida “Liverpul” 30 yillik tanaffusdan so‘ng, yana Angliya chempionligini tantana qildi. Ular eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan "Manchester Siti"ni 18 ochkoga ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!