Klopp: "Arsenal"dan o‘ch olish vaqti keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Arsenal" uchrashuvi oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz revansh olishni istaymiz. Holatimiz haqida aytadigan bo‘lsam, barchasi joyida va qo‘l ostimizdagi resurslardan qanday foydalanishimiz barchasini hal qiladi.

Natijalar xotirjamlik berishi mumkin. Ammo chuqur analiz oqibatida senda xatolaringni bartaraf etish va o‘z-o‘zingni taftish qilish imkoni paydo bo‘ladi. 

Ikkala jamoa ham ushbu uchrashuv boshqacha jangga aylanishini to‘liq anglab turibdi. Superkubok finalida mag‘lub bo‘ldik, ammo bizning foydamizga ishlaydigan statistikalar ham bor", - dedi nemis mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!