Klopp "Aston Villa"dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha Angliya liga kubogi doirasida “Aston Villa”dan (5:0) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatni quyidagicha izohladi.
“Biz shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘ldik. Biz Liga kubogining qaysi bosqichigacha chiqishni bilishimizdan oldin klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga taklif etilishimizni bilgandik.
Biz Qatarga shunchaki kelmadik. Biz bor kuchimizni bermoqchimiz. Men jamoamni favorit deb hisoblamayman, men ushbu musobaqada birinchi marta ishtirok etyapman va shu bois biz shunchaki da’vogarlar qatoridamiz”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” bugun klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Meksikaning “Monterrey” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.



Fikrlar