
Klopp “Barsa”ning superyulduzini oladigan bo‘ldi
Muvaffaqiyatsiz o‘tayotgan mavsumdan yakunlanganidan keyin Yurgen Klopp “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi.
Geraniyalik mutaxassis klub mutasaddilaridan yozda “Barselona”dan Usmon Dembeleni transfer qilishni so‘ramoqda. Yozda frantsiyalik hujumkor futbolchini 50 million evroga xarid qilish imkoniyati tug‘iladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” vakillari Usmon Dembelening agentlari va klub mutasaddilari bilan bo‘lajak transfer bo‘yicha aloqa o‘rnatishga ham ulgurgan.
“Barselona” ham moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, 25 yoshli yulduzni sotib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar