
Klopp bir million evroga futbolchi oladi
“Liverpul” rahbariyati “Shalke” safida porlay boshlagan Malik Tshauning o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatayotgani ma’lum bo‘ldi.
Finlyandiyalik 19 yoshli futbolchi markaziy himoyada juda yaxshi o‘ynayapti. Bu futbolchi “Shalke”ga 2015 yili “Borussiya M”ning yoshlar jamoasidan olib kelingan. Hozirgacha asosiy tarkibda ettita o‘yinda birtta gol urgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.
Malik Tshauning transferi bir million evroga baholangan va bu summa “Liverpul” singari grand klubga hech qanday muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar