
Klopp “Chelsi” ko‘zlagan yulduzni tortib olyapti
“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan “Brayton” etakchisi Moyzes Kaysedoni olib kelishni talab qilayotgan edi.
Biroq, “Liverpul” ekvadorlik yarim himoyachisini Londonga ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘ldi.
The Telegraph nashri jurnalisti Mett Louningt yozishicha, mersisaydiklar Kaysedo transeri bo‘yicha “Brayton”ga manfaatliroq shartnoma taklif qildi.
Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli futbolchining o‘zi “Chelsi”ga o‘tishni orzu qilmoqda.
Kaysedo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etgan.
Fikrlar