
Klopp Gakponing yoshiga shubha bilan qaramoqda!
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shogirdi Kodi Gakponi maqtab o‘tdi. Uning aytishicha, Kodi juda aqlli inson.
“U super futbolchi va aqlli yigit. Kodining o‘yinini ko‘rib, uni umuman 24 yoshli yigit, deb o‘ylamaysiz.
U avvalgi klubida sardor edi va bu bekorga emas. Gakpo tom ma’noda futbol bilan oziqlanadi. U ilgari o‘ynamagan pozitsiyada o‘ynay oladi”, - dedi “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
"Liverpul" niderlandiyalik vingerni "JCh-2022"dan keyin Eyndxovenning PSV klubidan 37 million funtga sotib olgan edi. Kodi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urgandi. Shuningdek, u APLdagi 19 o‘yinda 6 gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar