Klopp Germaniya terma jamoasi uchun 57 nafar nomzod ro‘yxatini tuzdi

  • 04.08.2026 08:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoaga da’vat etilishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini shakllantirdi. Welt nashri xabariga ko‘ra, mutaxassis dastlabki tarkibka 57 nafar maydon o‘yinchisini kiritgan. Ular yaqin kelajakda terma jamoa uchun maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, asosiy nomzodlar orasida hozirgi Germaniya terma jamoasining yetakchilari – Yonatan Ta, Niko Shlotterbek, Yozua Kimmix, Aleksander Pavlovich, Djamal Musiala, Florian Virts va Kay Haverts bor. Shu bilan birga, Klopp yoshlar bilan faol ishlashni rejalashtirmoqda va avval milliy jamoa doirasida deyarli ko‘rilmagan futbolchilarga ham o‘zini ko‘rsatish imkonini berishga tayyor.

Ro‘yxatdan tajribali futbolchilar – Antonio Ryudiger, Leroy Sane va Leon Goretska ham o‘rin olgan. Ularning qatorida yosh iste’dodlar – Kennet Ayxgorn, Vael Mohya, Montrell Kalbrit va Rafael Pinto Pedrosa kabi futbolchilar ham qayd etilgan.

Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi UEFA Millatlar ligasi boshlanishi arafasida e’lon qilinadi. Sentyabr oyi oxiri – oktyabr boshlarida nemislar Gretsiya, Niderlandiya va Serbiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!