Klopp "Liverpul"dan ketishi mumkin

  • 16 sentabr, 2019, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske amaldagi shartnomasi yakunlangach Angliyadan ketadi.

DAZN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik mutaxassisning bunday qarorga kelishiga tumanli albiondagi yomon ob-havo sabab bo‘lgan.

“Kloppning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va tabiiyki “Liverpul” u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Buyuk Britaniyada ob-havo o‘zgarishini kutishimiz kerak. Yomon ob-havoni to‘g‘ri baholash kerak. “Liverpul” bizga yangi shartnoma bo‘yicha murojaat qilganida, biz biroz vaqt berishlarini so‘radik.

Yurgen ertalab uyg‘onganda hammayoq qorong‘u bo‘ladi. U kechki payt uyga qaytganida yana qorong‘u bo‘ladi. Qolaversa, tez-tez yomg‘ir ham yog‘adi”, - deydi agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!