Klopp "Liverpul"ning hozirgi holati haqida: Shunday bo‘lishini bilardim

  • 26 yanvar, 2023, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning joriy mavsumdagi muammolari haqida gapirdi.

Tecno

Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” hozir o‘zining eng yaxshi natijalaridan ancha yiroq. Mersisaydliklar endi raqiblari uchun avvalgidek qo‘rqinchli emas. Jamoa APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

“Biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz va o‘tgan yili klub bilan yangi shartnoma imzolaganimda, oldinda katta qiyinchiliklar borligini bilardim. Shubhasiz, qayta qurish bir kunda amalga oshmaydi. Yana bir muammo - bu hayotni jarohatlar.

Ha, ko‘pchilikni faqat qisqa muddatli natija qiziqtiradi, lekin biz uzoq muddatli istiqbol haqida o‘ylashimiz kerak”, - dedi nemis mutaxassisi Football People nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!