Klopp “Liverpul”ning transfer rejasini oshkor qildi

  • 21 noyabr, 2020, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoada yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qishki transferlar vaqtida nimalarni rejalashtirgani haqida ma’lumot berdi.

Tecno

- Hali qishki transferlar vaqtida nimalar qilishimiz haqida aniq tasavvurga ega emasman. Anig‘i shuki, biz mudofaadagi teshiklarni yopish uchun o‘zimizga mos himoyachi olishimiz kerak. Biroq, men qattiq istaganim bilan rahbariyati birorta transferni amalga oshirmasligi ham mumkin. Agar shunday bo‘lib chiqasa, ichki imkoniyatdan kelib chiqib, bor o‘yinchilar bilan kifoyalanamiz. Men ularga imkoniyat berishdan xursand bo‘laman, - dedi Klopp.

Joriy mavsumda “Liverpul”ning asosiy himoyachilarining aksariyati jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Ayni shu sabab tufayli asosiy tarkibning muqim o‘yinchilari bo‘lgan Virjil van Deyk, Jo Gomes va Trent Aleksander-Arnold jamoaga yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!