Klopp maqsadini aytdi
“Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmasligini bildirgan edi.
U yozda Niderlandiya terma jamoasida o‘ziga ustozlik qilgan Ronald Kuman taklifini qabul qilib, “Barselona”ga o‘tib ketishni rejalashtirgan.
Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa mahoratli futbolchini saqlab qolish muhim ekanini ta’kidlamoqda.
- Agar u biz bilan qoladigan bo‘lsa, men juda xursand bo‘lardim. Uning o‘yinidan to‘liq qoniqyapman. U ko‘p o‘ynay boshlaganini hamma ko‘rib turibdi. Hamkorligimiz yana davom etishiga umid qilaman, - dedi Klopp.

Fikrlar