
Klopp: Men shifokor emasman, ammo chempionatni davom ettirishga harakat qilamiz
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, premer-ligadagi test sinovlarining so‘nggi turida rekord darajada yuqtirish qayd etildi va ayrim uchrashuvlar qoldirildi.
“Men shifokor emasman, lekin musobaqani davom ettirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. Qishda ikkinchi to‘lqin bo‘lishini bilardik.
Albatta, bu kabi holatlar futbolni ham chetlab o‘tmaydi, ammo biz baribir yigitlarni imkon qadar xavfsiz saqlash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Menimcha, turnir davom etishi mumkin. Bu juda muhim, chunki odamlar o‘yinlarni tomosha qilishni xohlaydi va biz jamiyatning qolgan qismidan ajralib turamiz.
Men mutaxassislarni va ular qabul qiladigan qarorlarni hurmat qilaman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar