Klopp: MYu bizni mag‘lub eta oladi

  • 19 yanvar, 2020, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bugun "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” juda ko‘p iqtidorli futbolchilarga ega ajoyib jamoa. Ular kelasi mavsum Chempionlar ligasiga chiqa olishlariga ishonaman. Shu bois MYu bizni mag‘lubiyatga uchrata oladi. Ammo, ko‘p narsa o‘zimizga bog‘liq”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!