Kloppga mashhur emas, yuguradigan futbolchi kerak
“Liverpul” rahbariyati qimmatbaho yulduzlarga katta miqdorda pul sarflagandan ko‘ra, iste’dodli yoshlarga imkon berish siyosatini qo‘llamoqda.
Ana shu maqsadda Angliya chempioni bo‘lgan jamoa “Shalke”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Ueston Makkennini o‘z safiga chorlamoqda.
Amerikalik futbolchi “Liverpul”da Adam Lallananing o‘rnini egallashi kutilmoqda. Nemis klubi hozirgi moliyaviy vaziyatni inobatga olgan holda Makkennini 25 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

Fikrlar