Kloppni haqorat qilgan hakam o‘z kasbini o‘zgartirdi

  • 3 iyun, 21:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining sobiq hakami Devid Kut hozirda mutlaqo boshqa sohada – etkazib berish xizmatida ishlamoqda. Uning obro‘siga Yurgen Kloppga nisbatan haqoratli so‘zlari va noqununiy moddalar iste’mol qilgan videosi qattiq putur etkazdi.

Tecno

2025 yil fevral oyida UEFA Kutni futbolning obro‘siga zarar etkazgani va axloqiy me’yorlarni buzgani uchun 2026 yilning o‘rtalarigacha diskvalifikatsiya qildi.

— Men hayotimni nazoratga olish va yangi maqsad topishga harakat qilyapman. Kurerlik meni band qiladi va fikrlarimni chalg‘itadi, lekin bu mening so‘nggi faoliyatim emas, — deya sobiq referining so‘zlarini The Sun nashri keltirdi.

2024 yil noyabr oyida internetda Kutga o‘xshash bir insonning "Liverpul" klubini haqorat qilayotgani va Yurgen Kloppni haqorat qilayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Shundan so‘ng, Evro-2024 paytida hakamning noma’lum oq modda hidlayotgani tasvirlangan kadrlar ham paydo bo‘ldi.

2024 yil dekabr oyida Angliya professional hakamlar assotsiatsiyasi (PJMOL) ichki tergovdan so‘ng u bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!