Kloze nemis klubini boshqarishi mumkin

  • 18 may, 2021, 21:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Miroslav Kloze "Fortuna" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biriga aylandi.

2004 yildan 2007 yilgacha Kloze Bremenning "Verder" jamoasida o‘ynagan, o‘shanda jamoaga Klaus Allofs rahbarlik qilgan. Allofs hozirda ikkinchi Bundesligada o‘ynaydigan "Fortuna"da faoliyat yuritmoqda.

Aynan u Klozeni bosh murabbiylik kursisiga taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Kloze futbolchilik faoliyatini 2016 yilda yakunlagan. Shundan so‘ng u Germaniya terma jamoasida Yoaxim Lyovning assistenti sifatida ishladi. Miroslav 17 yoshgacha bo‘lgan Germaniya terma jamoasi bilan ishlash tajribasiga ham ega.

Ushbu mavsumda "Fortuna"ga birinchi Bundesligaga chiqish uchun biroz omad etishmadi. Ular o‘tish o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!